Loyihaning taxminiy qiymati
I bosqich —
€ 9 200 000II bosqich —
€ 25 000 000Loyiha maqsadi
To‘laqonli va faol hayot kechirish imkoniyatiga muhtoj bo‘lgan bemorlarning sog‘lig‘ini to‘liq tiklash va ularni zamonaviy jamiyatga qaytarishga ko‘maklashish.
Loyiha nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo uchun dolzarbdir.
Loyihaning foydalari va istiqbollari
Reabilitatsiya barcha aholi uchun va hayot yo‘lining barcha bosqichlarida mavjud bo‘lishi kerak.
Reabilitatsiya sog‘liqni saqlashning eng muhim xizmati bo‘lib, sog‘liqni saqlash xizmatlarining umumiy qamroviga erishish uchun juda muhimdir.
Aholining keksayishi va surunkali kasalliklarga chalinganlar sonining ko‘payishi tufayli reabilitatsiya XXI asrda sog‘liqni saqlashning ustuvor strategiyasiga aylanib, aholi faoliyatini optimallashtirishga o‘ziga xos hissa qo‘shmoqda.
Loyihani amalga oshirish bosqichlari
"SYNTECO HEALTH CLINIC" MCHJ QK Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 417-uyda joylashgan 5-sonli klinik shifoxonaning bo‘sh turgan binolari negizida DXSH asosida reabilitatsiya markazini tashkil etadi
Klinikada o‘rnatilishi rejalashtirilgan tomografiya, yuqori sifatli ultratovush uskunalari, shuningdek, funksional diagnostika uskunalari o‘tkazilgan tekshiruvlarning yuqori sifati va ishonchliligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (Davlat sherigi) va «SYNTECO HEALTH CLINIC» MCHJ (Xususiy sherik) o‘rtasida 2022-yil 1-iyunda «Toshkent shahar 5-son klinik shifoxonasining bo‘sh turgan bino va inshootlari negizida davlat-xususiy sheriklik asosida reabilitatsiya markazi (tibbiyot klasteri) ni tashkil etish va aholiga xizmat ko‘rsatish» loyihasini amalga oshirishga qaratilgan sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim imzolandi. Shartnoma 2022-yil 6-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida DXSH/70-2022-son bilan ro‘yxatga olingan.
Loyihaning birinchi bosqichi 5-sonli shahar klinik shifoxonasining 2-binosini rekonstruksiya qilish, shuningdek, ambulatoriya bloki, fizioterapevtik muolajalar va davolash-profilaktika zalini o‘z ichiga olgan yangi bino qurish orqali amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, oshxona va bufetni joylashtirish uchun xo‘jalik binolaridan biri yangidan quriladi.
Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida tashkil etiladigan reabilitatsiya markazi insultdan keyingi kasalliklar, orqa miya va bosh miya jarohatlari asoratlari, bolalar serebral falaji asoratlari, tayanch-harakat tizimi patologiyalari, yurak-qon tomir patologiyalari va geriatrik (palliativ) kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar uchun statsionar davolanish uchun 85 o‘ringa (75 o‘rin oddiy palatalarda, shuningdek, lyuks va VIP palatalar va intensiv terapiya palatalarida) ega bo‘ladi.
Loyiha hujjatlari tayyorlanmoqda.
Bosqich yakunlandi
Zamonaviy reabilitatsiya klinikasini yaratishda bizning hamkorimizga aylaning.
Millat salomatligi - ustuvor vazifamiz!
Shartnomani yuklab oling, hamkorlik shartlari bilan tanishing va bizga syntecohc@gmail.com elektron pochtasiga yuboring.
Agar savollaringiz yoki alohida istaklaringiz bo‘lsa, shaklni to‘ldiring va biz siz bilan bog‘lanamiz.