Loyihaning taxminiy qiymati
Loyiha maqsadi
Protez buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish va sotish, ularni ta’mirlash va ijaraga berish.
Loyihaning foydalari va istiqbollari
«O‘zbekiston – 2030» strategiyasi ijrosini ta’minlash doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash mexanizmlari soddalashtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda QQSdan ozod qilinadigan protez buyumlari va ularning butlovchi, ehtiyot qismlari ro‘yxati tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.02.2024 yildagi PQ-88-son qaroriga 1-ilova).
Shu bilan birga, 2024 yil 1 martdan boshlab xorijiy ishlab chiqaruvchilarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalarini ko‘rib chiqish hamda tegishli guvohnoma berish uchun undiriladigan yig‘imlar miqdori 50 foizga kamaytirildi.
Normativ-huquqiy asos:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.04.2024 yildagi «Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 253-son qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2024-yil 27-fevraldagi PQ-88-son qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-fevraldagi «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-74-son qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018-yil 20-iyundagi PQ-3787-son qarori
Loyihani amalga oshirish bosqichlari
Potensial hamkorlar - protez mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar izlanmoqda
Bosqich yakunlandi
Zamonaviy reabilitatsiya klinikasini yaratishda bizning hamkorimizga aylaning.
Millat salomatligi - ustuvor vazifamiz!
Shartnomani yuklab oling, hamkorlik shartlari bilan tanishing va bizga syntecohc@gmail.com elektron pochtasiga yuboring.
Agar savollaringiz yoki alohida istaklaringiz bo‘lsa, shaklni to‘ldiring va biz siz bilan bog‘lanamiz.