Tug‘ayotgan ayollar uchun reabilitatsiya

subheader
Shartnomani yuklab olish
Loyihaning taxminiy qiymati
€ 300 000 - 500 000

Loyiha maqsadi

«SYNTECO HEALTH CLINIC» MCHJ QK Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 417-uy manzilida joylashgan 5-sonli klinik shifoxonaning bo‘sh turgan binolari negizida DXSH asosida reabilitatsiya markazini tashkil etadi.

DXSH loyihasi doirasida ajratilgan hududda soya-salqin park qismida uchta kottej joylashgan bo‘lib, u yerda yosh onalar uchun shaxsiy reabilitatsiyani tashkil etish mumkin.

Loyihaning foydalari va istiqbollari

Homiladorlik va tug‘ruq turli a’zolar va tizimlar tomonidan kompensator o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Homilani ko‘tarib yurish va haydash davrida tayanch-harakat apparatiga eng ko‘p nagruzka tushadi.

Ushbu buzilishlarning barchasi o‘z vaqtida boshlangan reabilitatsiya korreksiyasi bilan qaytarilishi va tuzatilishi mumkin. Agar tug‘ruqxonadan chiqqandan keyin LFK instruktori nazorati ostida tug‘ruq asoratsiz o‘tgan bo‘lsa, eng oddiy statik, dinamik, nafas olish va umummustahkamlovchi mashqlarni bajarishga kirishish, massaj va boshqa tiklovchi hamda sog‘lomlashtiruvchi muolajalardan foydalanish mumkin.

Ayol o‘zi uchun barcha muolajalarga vaqt ajrata olishi, tug‘ruqdan keyin yetarlicha tiklanish dam olishi uchun biz chaqaloqqa qarashga yordam beradigan maxsus xodimlarni taklif qilamiz.

Ko‘krak suti bilan oziqlantirish davrida tug‘ruqdan keyin to‘liq tiklanishning zarur sharti ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil etishdir, bu onalar uchun reabilitatsiya dasturini ham taklif qilishi mumkin.

Tug‘ilishning barqaror yuqori darajasi, aholi daromadlarining o‘sishi, onalar salomatligini saqlash masalalarida aholining savodxonligini oshirish loyihaning jozibadorligi uchun qulay zamin yaratadi.

Loyihani amalga oshirish bosqichlari

Joriy holati:

Ehtimoliy hamkorlar qidirilmoqda

Bosqich yakunlandi

Contact

Zamonaviy reabilitatsiya klinikasini yaratishda bizning hamkorimizga aylaning.

Millat salomatligi - ustuvor vazifamiz!

Shartnomani yuklab oling, hamkorlik shartlari bilan tanishing va bizga syntecohc@gmail.com elektron pochtasiga yuboring.

Agar savollaringiz yoki alohida istaklaringiz bo‘lsa, shaklni to‘ldiring va biz siz bilan bog‘lanamiz.

Shartnomani yuklab olish