Reabilitatsiya texnologiyalari yangiliklari
Yangiliklar
2025-yil 12-16-may kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Chikago shahrida RehabWeek 2025 bo‘lib o‘tadi.
RehabWeek – bu turli ishtirokchilar o‘rtasida fanlararo muloqot va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida bir joyda va bir vaqtda reabilitatsiya texnologiyalari sohasidagi turli konferensiyalarni birlashtiruvchi bir haftalik tadbirdir.
Reabilitatsiya bugungi kunda yangi g‘oyalar va texnologiyalar bilan har qachongidan ham ko‘proq innovatsion bo‘lib, yangi tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etish uchun bemorlar bilan hamkorlikda ishlaydigan shifokorlar, olimlar, tadqiqotchilar, muhandislar, texnologlar, klinik mutaxassislar va sanoat vakillarining tajribasiga ehtiyoj sezmoqda.
Aholining qarishi, ayniqsa, reabilitatsiyaga bo‘lgan ehtiyojni oshirmoqda va fanlararo hamkorlik istiqbolli tadqiqot g‘oyalarini reabilitatsiya natijalarini yaxshilash va bemorlarning kundalik hayotida funksional mustaqilligini oshirish uchun klinikalarga samarali joriy etilishini ta’minlaydi.
RehabWeek reabilitatsiya texnologiyalari sohasida ilg‘or yechimlar ustida ishlaydigan tadqiqot, muhandislik va reabilitatsiya tibbiyoti sohasidagi jahon yetakchilari bilan muloqot qilish uchun noyob imkoniyat taqdim etadi.
Manba: rehabweek.org