2025-yil 1-apreldan nimalar o‘zgaradi
Yangiliklar
2025 yildan boshlab O‘zbekistonda nogironlikni belgilash tizimiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda: tartib-taomillar soddalashtirilmoqda, bir qator eskirgan talablar bekor qilinmoqda, raqamlashtirish kuchaytirilmoqda. Qarorlar funksionallikni baholash asosida elektron shaklda qabul qilinadi, ma’lumotlar esa yagona ijtimoiy himoya tizimida qayd etiladi.
2025-yil 1-apreldan nimalar o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi «Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 257-son qaroriga muvofiq 2025-yil 1-apreldan:
- fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun TMEKga yuborish uchun zarur bo‘lgan amaldagi davolanish muddatlari talabi bekor qilindi, u har bir kasallikning kechishi va turidan kelib chiqqan holda alohida belgilanadi;
- MSEK tomonidan kasb, sport va ta’lim bo‘yicha tavsiyanomalar berish tartibi bekor qilindi;
- Davlat tibbiyot muassasalariga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish va maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarish uchun yaroqliligini aniqlash bo‘yicha TMEK funksiyalari bekor qilindi;
- 18 yoshdan katta shaxslarga nogironlik belgilanganda nogironlik muddati va sabablari, tibbiy-reabilitatsiya tadbirlari, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vositalariga muhtojligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shaxsning klinik-funksional buzilishlari xususiyatidan kelib chiqqan holda «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimida shakllantiriladi.
Tumanlararo va tuman (shahar) SEOMlari tomonidan nogironlikni faqat tibbiy hujjatlar asosida belgilash tartibi 2025 yil 1 sentyabrdan bekor qilinadi hamda shaxsning salomatlik holati va funksionalligini baholash natijalaridan kelib chiqib, nogironlikni elektron shaklda belgilash tartibi joriy etiladi.
Manba: lex.uz